Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o’qituvchilari Qozoq’istonning Anvar Ismailov nomli kasb hunar kollejida targ’ibot uchrashuv o‘tkazdi.

  Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o’qituvchilari Qozoq’istonning Anvar Ismailov nomli kasb hunar kollejida targ’ibot uchrashuv o‘tkazdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Silikat materiallar texnologiyasi” kafedrasi professori Z.Babaxanova, dotsent D.Alimsjanova, dotsent A.Oserbaeva, dotsent Ro‘ziboev, dotsent Z.Matkarimov, katta o’qituvchi Sh.Naimovlar 23-may kuni Qozoq’istonning Aqsukentida joylashgan Anvar Ismailov nomli kasb hunar kollejiga xizmat safarida bo’ldi. Xizmat safardan asosiy maqsad Toshknet kimyo-texnologiya institutida ta’lim olish imkoniyatlarini targ’ib etish orqali O‘zbekiston ta’lim tizimini export qilish imkoniyatlarini o‘rganishdir. 

Shu maqsaddan kelib chiqib Anvar Ismailov nomli kasb hunar kolleji tomonidan “O‘zbekiston- Qozoq’iston Respublikalari ta’lim muassasalari orasida Bilimni rivojlandirish strategiyali yo’nalishlari” mavzusida xalqaro kengaytirilgan seminar tashkil qilindi. Seminarda bir qancha mexmonlar va kollej talaba-yoshlari ishtirok etishdi. 

Seminar davomida institutning Xalqarolashtirish va transformatsiya departameni Z.Babaxanova tomonidan “Toshkent kimyo-texnologiya institutida ta’lim olish imkoniyatlari va xalqaro tajribalar” mavzusida, B.Ro‘ziboev tomonidan “Silikat materiallar texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishlari, D.Alimdjanova “Silikat materiallar texnologiyasi” kafedrasida ilmiy loyiha va zamonaviy pedagogik texnologiyalar, Z.Matkarimov – “O‘zbekistonda keramik maxsulotlar ishlab chiqarish istiqbollari”; A.Oserbaeva va Sh.Naimovlar o‘z ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha kollej talabalariga ma’lumot berdi.

Seminar yakunida Anvar Ismailov nomli kasb hunar kollejining moddiy-texnika bazasi va zamonaviy laboratoriyalari bilan tanishildi. Kollejda “Hamshiralik”, “Maktabgacha ta’lim”, “Buyumlarga badiiy va mexanik ishlov berish”, “Kompyuter va dasturiy ta’minot” ta’lim yo‘nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. 

Kollej oziq-ovqat maxsulotlar ishlab chiqarishga moslashgan zamonaviy laboratoriyalarga; ta’lim sohasida interfaol usullarda maktabgacha yo’shda bo‘lgan bolalarga STEM o‘quv dasturlari asosida ta’lim-tarbiya berish tashkil etilgan. Kolledjda qoshida maktabgacha ta’lim muassasi ochilgan bo‘lib, talabalar tarbiyalanuvchi bolalar bilan STEM klasslari va darslari tashkil etib kelmoqda