Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Integral Universiteti (Hindiston) o‘rtasidagi hamkorlik rivojlantirilmoqda

2024-yil 25-28-sentabr kunlarida Toshkent kimyo-texnologiya institutining, Biotexnologiya kafedrasining Integral Universiteti (Hindiston) o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan professor-o‘qituvchilarning dars o‘tish jarayonlari bo‘yicha almashinuv rejasiga muvofiq Integral universitetining hamda Glokal Universiteti (Glocal university) bir guruh yetuk olimlari hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutiniga tashrif buyurishdi.

Integral universiteti Qishloq xo‘jaligi kafedrasi mudiri, professor Saba Siddiqui Biotexnologiya kafedrasining M24-11uBIO guruhi magistrantlari uchun Biologik Faol moddalar olish biotexnologiyasi fanidan 18 soatga mo‘ljallangan dars mashg‘ulotlarini olib bordi.

Integral universiteti Bioinjinering kafedrasi mudiri, professor Alvina Farooqui “Biotexnologiya” ta’lim yo‘nalishining 22-49, 22-50, 22-51 guruh talabalariga “Oziq-ovqat va ozuqa mahsulotlari biotexnologiyasi” fanidan 18 soatga mo‘ljallangan dars mashg‘ulotlarini olib bordi.

Glokal Universiteti (Glocal university) professori, Muhammad Farhan “Biotexnologiya” ta’lim yo‘nalishining BT-1 va BT-2 guruh talabalariga “Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi” fanidan 18 soatga mo‘ljallangan dars mashg‘ulotlarini olib bordi.