Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instutiga Marketing va talabalar amliyoti bo‘limi boshlig‘i A.Mirkomilov taklifiga binoan Natural Juice OOO korxonasidan HR direktori Ataxanova Adiba Ibragimovna va HR menejeri Nilufar Mardiyevna lar tashrif buyurdilar.
Tashrifdan maqsad korxona bilan insitut o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va talablarni amliyotga yuborish. Korxonani kadrlar zaxirasi bilan taminlashdir.
Bugungi kunda Natural Juice kompaniyalar guruhiga oziq-ovqat sanoatining quyidagi sohalarida faoliyat yurituvchi korxonalar kiradi:
Meva konsentratlarini ishlab chiqarish;
Quritilgan sabzavotlar, o'tlar, mevalar va ziravorlar ishlab chiqarish;
Yangi salat va sabzavotlarni vakuumli qadoqlarda etishtirish va eksport qilish.
Barcha turdagi mahsulotlar Shvetsiya, Belgiya, Italiya, Turkiya, Rossiyadan zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalarda joriy davlatlararo standartlarga muvofiq ishlab chiqarilada, bu esa mahsulotning yuqori sifati va raqobatbardoshligini ichki va xalqaro bozorlarda kafolatlash imkonini beradi. Har bir mahsulot turi Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi qo‘shni davlatlar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi va Xitoyga muvaffaqiyatli eksport qilinadi.
Koroxna mutassadi xodimlari Oziq-ovqat xafsizligi yo‘nalishi va Go‘sh, sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi 3-kurs talabalari bilan uchrashdilar. Korxona haqida ma’lumot berdilar talablarga. Qiziqishi bor talabalarni amliyotga taklif etdilar. Uchrashuv davomida talablar o‘zlariga qiqiz bo‘lgan savollarga javob oldilar.