Toshkent kimyo texnologiya institutining Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti faollar zalida "Ogohlik davr talabi" shiori ostida Yoshlar jinoyatchilikka qarshi nomli profilaktika tadbiri bo'lib o'tdi. Unda Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo'lim boshlig'i M.Boysariyev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, bo'lim boshliqlari, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni B.N.Boborajabov kirish so'zi ochib berib, hozirgi zamonda yoshlar orasida bilib-bilmay jinoyat yo'liga kirib qolish xolatlari uchrab turgani ana-shunday xolatlarni barvaqt oldini olish, kibermakonda ro'y berayotgan xatarlardan o'zini asrash yo'llari haqida to'xtalib o'tdi.
M.Boysariyev bugungi kungacha sodir etilgan jinoyatlar statistikasi va oqibatlari bilan yoshlarni tanishtirib, yaratilayotgan imkoniyatlardan to'g'ri foydalish hamda ogoh bo'lishga, jinoyatchilik illatlariga qarshi birgalikda kurashishga chorladi.
Tadbir so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.