Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat mahsulot texnologiyasi fakulteti Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi kafedrasi professor o'qituvchilari tomonidan talaba yoshlar uchun "Pa



Professor o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan foydali salatlar, shirinliklar, mohirona bezatilgan ajoyib mevalar talaba qizlar uchun chinakam mahorat maktabi vazifasini o'tadi. 


Tashkil etilgan "Pazandachilik bo'yicha master klass" tadbiri talaba qizlar uchun katta mahorat darsi bo'lib, ularni oilaviy hayotga tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi.




Ushu master klassda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Z.Babaxonova, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi G.Aripova, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekani U.Baltabayev, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi A.Miralimova, Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi kafedrasi mudiri E.Sanayev, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.Begmatov va fakultet tyutorlari ham o'z hissalarini qo'shishdi.


Talaba qizlar master klassda tayyorlangan barcha taom, salat va turli xil mevalarni dasturxonga tortish san'ati bilan ham tanishib olishdi.