Unda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot taxlili markazi bo’lim boshlig’i Sh.B.Baxodirovich; Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi mas’ul xodimi Sh.Otamuradov; Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi mas’ul xodimi A.Shukurov; Toshkent shahar Narkologiya dispanseri narkolog shifokori D.Djoldasova; Toshkent kimyo texnologiya instituti profilaktika inspektori A.Ismoilov; Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekani Sh.Buxorov; fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari N.Zulyarova; fakultet tyutorlari va talabalari ishtirok etdilar.
Tadbirda soʻzga chiqqan soha mutaxassislar tomonidan bugungi kunda global muammoga aylangan bu illatga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi, giyohvandlik ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabab boʻlishi, giyohvandlik nafaqat insonning oʻziga balki atrofidagilariga ham yomon oqibatlar olib kelishi, turli xil kasalliklar keltirib chiqarishi hamda oxir-oqibat bu illatga chalingan odamning umri zavol boʻlishi toʻgʻrisida gapirib oʻtdi.
Bundan tashqari, giyohvandlikning kelib chiqishi, sogʻliqni saqlash tizimida giyohvandlik illatiga duchor boʻlgan insonlar bilan ishlashga qaratilgan, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan faoliyatida uchragan hayotiy misollar bilan yigʻilganlarga maʼlumot berdi.
Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga giyohvandlik moddalarning girdobiga tushib qolganlarning ayanchli taqdiri tahliliy maʼlumot va faktlar asosida video film namoyish etildi.
Mazkur tadbir tashiklotchilari ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, sport sohalari va jamoatchilik tashkilotlarini jalb etgan holda yosh avlod ongida giyohvandlikka nisbatan salbiy munosabat shakllantirish, sog‘lom turmush tarziga intilish ko‘nikmasini hosil qilish, shuningdek, o‘z xulq-atvori uchun shaxsiy javobgarlik hissini oshirish maqsadlarini ko‘zlaydi.
Tadbir soʻngida talaba yoshlar tomonidan berilgan koʻplab savollarga soha mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.