2023 yil 11-13 sentyabr kunlari Vengriyaning Obuda Universitetida tashkil qilinayotgan “Recent advances in Intelligent Engineering” (Intellektual muhandislik sohasidagi so'nggi yutuqlar) xalqaro simpoziumda taklif etilgan spiker sifatida ishtirok etish:
- Prof. B.Usmonovga taqdim etilgan “Obuda universitetining faxriy professori” unvonini tantanali qabul qilish;ishtirokchi-davlatlar spikerlari ishtirokidagi panel muhokamasi doirasida ma’ruza bilan chiqish qilish;
- Sessiyalar kun tartibiga kiritilgan masalalar, kimyoviy texnologiya sohasida ilmiy va akademik xamkorlikni rivojlantirish dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish;
- Simpozium ishtirokchilarini О‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirish, shu jumladan, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish shakllari va yо‘nalishlari tо‘g‘risida ma’lumot berish va Konferensiyaning tantanali yopilish marosimida ishtirok etish.
- Obuda Universiteti rahbariyati bilan uchrashish, hamkorlikdagi ishlar yuzasidan muzokaralar olib borish:
- O‘zbekistonda Ilg’or muhandislik maktablarini tashkil qilish maqsadida Vengriya ilg’or tajribasini o’rganish, real imkoniyatlarni baholash va xorijiy ishlab chiqarish korxonalari tajribasini o’rganish;
- Obuda Universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamkorligida O‘zbekiston-Vengriya ilmiy texnoparki tashkil etish masalalarini muhokama etish;
- 14-15 sentyabr kunlari Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti raxbariyati bilan uchrashuv, universitet kampusi bilan tanishish va grant shartnomasini imzolash:
- Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti kampusiga tashrif, “Oziq-ovqat texnologiyasi” fakultetining о‘quv va ilmiy laboratoriyalari bilan tanishish;
- Institut olimlari bilan hamkorlik aloqalarini muhokama yetish, о‘zaro akademik almashinuv, ilmiy va amaliy loyihalariga tayyorgarlik kо‘rish.
- Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH tashkiloti homiyligidagi Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti (LTFTU) bilan hamkorlikda qo’lga kiritilgan “Professional Development of Teachers in Central Asia for Sustainable Training in Food technologies And Development of Food Technology Study Programmes for the Advancement of New Professionals in the Central Asia Region” (Markaziy Osiyoda oziq-ovqat texnologiyalari boʻyicha barqaror oʻqitish uchun oʻqituvchilarning malakasini oshirish va Markaziy Osiyo mintaqasida yangi mutaxassislar malakasini oshirish uchun oziq-ovqat texnologiyasini oʻrganish dasturlarini ishlab chiqish) mavzusidagi xalqaro grant loyihasi grant shartnomasini tantanali imzolash;
- Hamkorlikdagi “Food science and technology” sohasida bakalavriat va magistratura bosqichlarda qo’shma ta'lim dasturlarini joriy etish boyicha rejadagi ishlarni muhokama qilish.