2024-yilning 25-oktabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish oyligi doirasidagi targʻibot tadbirlari bo'lib o'tdi.
Unda Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekani L.A.Yusupova, YBIB dekan o'rinbosari J.T. Sidikov, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirlik akademiyasi magistratura tinglovchisi podpolkovnik G.T.Mamatqulov, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Ushbu targ'ibot tadbirini o'tkazishdan asosiy maqsad talabalar o'rtasida giyohvandlik vositalarini tarqalishini oldini olish, bezorilik va shu kabi huquqbuzarliklar, ularni oqibatlaridan ogoh qilish bo'lib, podpolkovnik G.T.Mamatqulov bu bo'yicha o'zining tavsiyalari bilan o'rtoqlashdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga "Giyohvandlik — asr vabosi!" nomli hujjatli film namoyish etildi.