Jumladan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori texnika va pedagogika fanlari doktori, professor Botir Shukurillayevich Usmonov Vengriyaning texnika sohasidagi eng nufuzli oliy ta'lim muassasasi Obuda universiteti "Faxriy professori" unvoni bilan taqdirlangani munosabati bilan institut mehnat jamoasi tomonidan yuksak e'tirof etildi.
Shundan so'ng Ko'p yillik samarali va halol mehnati, o'z xizmat vazifasiga bo'lgan sadoqati hamda 26-sentabr davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha maslahatchisi Akramov Olimxon Axrorovich hamda institut birinchi bo'limi boshlig'i Akbarova Feruza Mirzaumarovna tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Shuningdek Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy taʼlim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgani uchun Toshkent kimyo-texnologiya institutining Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Qodirov Bobiromon Bekmurodovich, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi mudiri Aripova Mastura Xikmatovna, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oliy matematika kafedrasi professori Safarov Ismoil Ibrohimovich “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abduraxmonov tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya institutining Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori, yuridik fanlar doktori (DSc), professor Qodirov Bobiromon Bekmurodovichga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi.