Ushbu festivalda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, prorektorlar, dekanlar, bo'lim boshliqlari, professor-o'qituvchilar, faxriy ustozlar, mehmonlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir boshida O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi, shundan so'ng institutimiz rektori B.Sh.Usmonov barcha professor-o'qituvchilarni bayram bilan muborakbod etib, millatni taraqqiy etishida, mamlakatni rivojlanishida ta’limning roli naqadar muhim bo‘lsa, ustozlarning o‘rni ham shu qadar yuksak. Xususan, institutimizning salohiyati oshishida, bugungi mehnat bozoriga zamonaviy bilimli, amaliy tajribaga ega, keng ko‘lamli fikrlay oladigan kadrlar yetishtirib berishda professor-o‘qituvchilarimiz asosiy o‘rinda tutishini ta'kidladilar.
Jumladan institutimiz xotin-qizlar kengashi a'zolari, tarbiyachi-pedagog S.Mirzayeva, psixolog M.Nazarovalar hamkorlikda festival doirasida "Orasta qizlar" ko'rik tanlovini o'tkazdilar. Ushbu ko'rik tanlovda qizlar tomonidan badiiy hamda musiqiy chiqishlar, savol-javoblar va shirin taomlar tayyorlash bo'yicha o'zaro bellashdilar.
"Orasta qizlar" ko'rik tanlovi o'tkazilish jarayonini ko'rish uchun tashrif buyurgan institutimiz rektori boshchiligidagi jamoa barcha qatnashchilarga omad tilab, tashkilotchilarga bu kabi tadbirlarning nechog'lik ahamiyatliligi haqida so'zladi. Shundan so'ng "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni sohibasi institutimizning Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi mudiri Aripova Mastura Xikmatovna ayollardan ham yaxshi muhandis chiqishini, qizlarimiz hozirdanoq o'z ustida ishlab kelajakda o'z sohalari bo'yicha yetuk mutaxassislari bo'lib O'zbekistonimiz rivoji uchun ulkan xissa qo'shishlari kerakligini ta'kidladi.
Institutimiz rektori sport musobaqalari, tanlov jarayonlarini hamda o'tkazilayotgan to'garaklarni kuzata turib institutimiz talabalari bo'sh vaqtlarini foydali mashg'ulotlar to'ldirayotganligiga yana bir bor amin bo'ldi. Darhaqiqat talabalar turar joyida talabalarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni iqtidoridan kelib chiqib yo'naltirish, ularni turli yot g'oyalardan asrab avaylash hamda o'zlarini ustida ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan sport zal, axborot resurs markazi, ma'naviyat xonasi, dars qilish xonasi hamda musiqa xonalari tashkil etilgan.
Festivalda talabalar cholg'u asboblar yordamida turli musiyqalar ijro etib tashrif buyurganlarga kayfiyat ulashdi. Sport musobaqalari hamda tanlovlar doirasida stol-tennisi, arqon tortish, shaxmat va shashka, rasm chizish hamda o'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan mavzuga oid insholar yozish bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida "1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar" deb nomlangan Festival doirasida o'tkazilgan sport musobaqalari hamda tanlovlarda g'olib bo'lgan talabar institutimiz rahbariyati tomonidan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Jumladan "Orasta qizlar" ko'rik tanlovida, "Eng yaxshi insho" tanlovida, "Eng yaxshi chizilgan rasm" tanlovida, Arqon tortish musobaqalarida, stol-tennisi turnirida natija qayd etgan talabalar quyidagicha taqdirlandilar:
1-o'rin uchun 500 000 so'm;
2-o'rin uchun 400 000 so'm;
3-o'rin uchun 300 000 so'm pul mukofotlari taqdim etildi.
Talabalar turar joyida o'tkazilgan Festivalga tashrif buyurgan mehmonlar uchun osh suzildi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida "1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar" deb nomlangan Festivalga tashrif buyurgan mehmonlar, professor-o'qituvchilar hamda talabalar uchun bayram dasturxoni yozildi.
Ikkita doshqozonda 120 kg osh damlanib tashrif buyurgan mehmonlarda tortiq qilindi.
Talabalar turar joyida bo'lib o'tgan Festival mehmon san'atkorlar hamda ijodkor talabalarimiz tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar va raqslarga ulanib ketdi.
Jumladan o'z qo'shiqlari bilan yoshlarimizning qalbidan chuqur joy egallagan san'atkor Kumush hamda institutimizning iqtidorli, faol talabalari tomonidan tayyorlangan baadiiy chiqishlar, kuy-qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari hamda raqslari bilan tashrif buyurgan mehmonlarga kayfiyat ulashdilar.
Talabalar turar joyida bo'lib o'tgan Festivalga ota-onalar va mahalla faollari ham tashrif buyurdi.
Festival so'ngida institutimizning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasridinovich, Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Qodirov Bobiromon Bekmurodovich hamda tashrif buyurgan Ota-onalar so'zga chiqib so'ngi yillarda davlatimiz rahbariyati tomonidan ta'limga, professor-o'qituvchilarning maqomini ulug'lashga, talaba-yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida so'z yuritib bunga javoban o'z mehnatimiz va bilimimiz bilan labbay deb javob berishimiz kerakligini ta'kidladilar.
O'z o'rnida tashrif buyurgan Ota-onalar ham bu kabi tadbirlar yosh avlodni barkamol bo'lib ulg'ayishidagi ahamiyati haqida gapirib, institut rahbariyatiga hamda festival tashkilotchilariga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.