Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida o‘zgacha tadbir bo‘lib o‘tdi.

2024-yil 20-dekаbr sanasida institutga AGROMIR MChJ korxonasining Marketing bo‘limi xodimlari tashrif buyurdi.

Yurtimizda "Bliss" brendi bilan tanilgan sharbat mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik korxona vakillari bilan institutimizning Karyera markazi boshlig‘i A.Mirkomilov hamda Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi mudiri A.Boboyev uchrashuv bo'lib o'tdi.

Korxona vakillarining institutimizga tashrifidan maqsad korxonaning yangi ishlab chiqariladigan sharbatlarini degustatsiyadan o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, korxona bilan institut o’rtasida o’zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo’yicha kelishib olindi. 

Tadbir Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti, Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Bunda institutimiz talabalari o‘zlarining olgan bilimlari bilan korxona vakillari o‘rtasida savol-javob shaklda suhbat bo’lib o’tdi. Talabalardan so‘ng kafedra professor-o‘qituvchilar hamda institutimizning ko‘ngilli vakillari ham ishtirok etdilar. Korxona vakillari degustatsiya jarayoni a’lo darajada tashkil etilganli uchun institutimiz rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.