Kuni kecha "Kafedra kuni" doirasida Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.Begmatov, xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi D.Ubaydullayeva, "Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi" kafedra mudiri Ro'ziboyev Akbarali Tursunboyevich, professor A.A.Abdurahimov hamda fakultet tyutorlari talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi.
Suhbat davomida kafedra tarixi, kafedrada faoliyat olib borayotgan yetuk ustozlar, kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ustoz-shogird tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berdi va xonalar tozaligi ko'zdan kechirildi.