Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamkorligida O'zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupovning tavalludining 95 yilligiga bag'ishlangan adib poyida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbir avvalida, tashrif buyurganlar tomonidan adib poyiga gullar qo'yilib, adibga ehtirom ko'rsatildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari tomonidan bahru-bayt mushoiralar o‘tkazilib, diltortar kuy va qo‘shiqlar, she’riyatxonliklar ijro etildi.

Tadbirda so'z olganlar ikki elning suyukli adibi bo'lmish Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodiga to'xtalib o'tib, uning she'rlari nafaqat bizning tilda balki qozoq🇰🇿, ukrain🇺🇦, belorus🇧🇾, gruzin🇬🇪, latısh🇱🇻, bolgar🇧🇬 tillariga ham tarjima qilinib suyib mutolaa qilinganini ta'kidlashdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich yakunlab berib, adib ijodiga bo'lgan qiziqishlarini so'ndirmaslikni adabiyot xalqining yuragi ekanligini ta'kidlab o'tdi. Institutning bosh binosida tashkil etilgan Ibroyim Yusupov muzeyiga barchani taklif etdi.