Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

2024-yilning 4-6—may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi, Matbuot kotibi — E.B.Abdulboqiyev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.T.G‘oziyev, Talabalar kengashi raisi M.B.Jumanazarov va bir qancha iqtidorli talabalardan tashkil topgan jamoa Qoraqalpog'iston Respublikasiga O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, Berdaq nomidagi davlat mukofati laurati, poeziya yulduzi, xalqimizning yurak to'ridan joy egallagan takrorlanmas iste'dot egasi Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligini keng nishonlash maqsadida tashrif amalga oshirildi.

Tashrif doirasida Ibroyim Yusupov nomidagi ijdo maktabida o'quvchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ijod yo'nalishida olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishildi hamda ushbu ijod maktabi o'quvchi yoshlariga institutimiz haqida ma'lumotlar berilib institutimizga o'qishga taklif etildi.

2024-yilning 4-6—may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi, Matbuot kotibi — E.B.Abdulboqiyev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.T.G‘oziyev, Talabalar kengashi raisi M.B.Jumanazarov va bir qancha iqtidorli talabalardan tashkil topgan jamoa Qoraqalpog'iston Respublikasiga O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, Berdaq nomidagi davlat mukofati laurati, poeziya yulduzi, xalqimizning yurak to'ridan joy egallagan takrorlanmas iste'dot egasi Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligini keng nishonlash maqsadida tashrif amalga oshirildi.

Tashrif doirasida institut jamoasi Berdaq nomidagi Qoraqlpoq davlat akademik-musiqiy teatrida Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligiga bag'ishlangan "Qoraqalpoq poeziyasining so'nmas yulduzi" nomli adabiy-ma'rifiy tadbirida ishtirok etdilar.

Xabaringiz bor Moʻynoq tumanida Toshkent kimyo-texnologiya instituti bog‘lari yaratilib, Orol dengizining suvi qurigan tubida “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etish, shu orqali hududda mavjud ekologik vaziyatlarni sog‘lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining hayotiga salbiy ta’sirni yanada yumshatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Orol dengizining qurigan tubida tuprog‘i turli darajada sho‘rlangan, suv tanqis sharoitda tuproq xossalarini yaxshilash hamda tuproq paydo bo‘lish jarayonini turli biopreparat-kompozitlar qo‘llab Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy-tajriba bog‘lari yaratildi. Bu bog‘larda kelgusida Orolning qurigan tubida sho‘rlanishning turli darajasi va tipiga chidamli o‘simliklar o‘stirishning innovatsion tadbirlari ishlab chiqiladi. Olinadigan natijalarning ahamiyati shundaki, Orolning qurigan tubidagi qumliklarda dastlabki tuproq paydo bo‘lish davrida namlik, fizik va kimyoviy xossalar yaxshilanadi, fermentlar, mikrorganizmlar faolligi tiklanadi.

Orol dengizining qurigan tubida TKTI ekspeditsiya jamoasi tomonidan dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish va kelgusida ularni tarmoqlarda qo‘llash, tuz migratsiyasini kamaytirish, namlikdan maksimal foydalanish, quyosh nurlaridan saqlanish, tuproqning mikrobiologik va fermentativ faolligini oshirish, fizik va kimyoviy xossalarini yaxshilashga qaratilgan bir necha innovatsion texnologiyalar hamda dorivor oʻsimliklardan BFM ajratib olish borasida TKTI da qator ilmiy natijalar olindi.

Ana shunday ilmiy ishlar natijadorligini oshirish maqsadida Qoraqalpoq davlat universiteti bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishda ilgʻor texnologiyalarni keng qamrovli jalb etish uchun kimyo, bioferment, bioorganik kimyoning tahlil fazalarini universitet ilmiy bazasida amalga oshirish yuzasidan bir qator kelishuvlarga erishildi.

Ekspeditsiyalar mobaynida olingan namunalar va erishilgan natijalar yuzasidan kafedralarda muhokamalar tashkil etildi.