Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi tomonidan Adiblar xiyobonida bir vaqtning o’zida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari tashkil etildi.

Joriy yil 27-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori B.N.Boborajabov boshchiligida bo’lim boshliqlari, dekan o’rinbosarlari, institut profilaktika inspektori, sport targ’ibotchisi, tyutorlar hamda 50 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirokida adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda sport musobaqalari tashkil etildi. Tadbirda mehmon sifatida Yozuvchilar uyushmasi hodimi Rustam Musurmon ishtirok etdi.

Tadbirni kirish so’zi B.N.Boborajabov ochib berib Adiblar xiyobonida o’rnatilgan O’zbekiston hamda Qoraqalpog’iston qahramoni Ibroyim Yusupov hayoti va ijodiga to'xtalib ikki qardosh yurt uchun birdik suyukli bo’lgan adibning hayot yo’lini tadbir ishtirokchilariga tanishtirib o’tdi.

Shundan so’ng Rustam Musurmon adib ijodidan sara namunalarini o’qib eshittirdi. Tadbirda talabalar tomonidan jonli ijroda kuy - qo’shiqlar ijro etilib barchaga hush kayfiyat baxsh etdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi tomonidan Adiblar xiyobonida bir vaqtning o’zida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari tashkil etildi.

Adiblar xiyobonida talabalarning ham ma'naviy ham jismoniy kamol topishlari uchun aqlni charxlovchi shaxmat-shashka, badminton hamda milliy qadriyatlarimizni o'zida mujassam etgan arqon tortish sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.

Atoqli adiblar haykallari qad rostlagan xiyobonda bu kabi tashabbuslarning amalga oshirilishi talaba-yoshlarning nafaqat jismonan chiniqishi, balki ajdodlarimiz faoliyati va ijodiga bo‘lgan qiziqishlarining oshishiga, ulardagi vatanparvarlik jihatlarining yuksalishiga xizmat qiladi.