Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida yakuniy nazorat imtihonlari yangi tartibda mutlaqo shaffof hamda adolatli tarzda o'tkazilmoqda.

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga binoan Toshkent kimyo-texnologiya institutida yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari tasdiqlangan (https://t.me/tktiuz/38088). Bunga ko'ra institutimizda Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i T.B.To'rayev boshchiligida yakuniy nazorat imtihonlari yangi tartibda mutlaqo shaffof hamda adolatli tarzda o'tkazilmoqda.