Prezidentimiz raisligida 2024 yil 20-iyun kuni “Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish” masalalari yuzasidan о‘tkazilgan videoselektorda, «Tarmoq – korxona – oliygoh» zanjiri asosida xamkorlikni kuchaytirish borasida xaqida tо‘xtalib о‘tdilar.Berilgan vazifalarni ijrosini amalga oshirish ya’ni korxona bilan xamkorlikni yanada mustaxkamlash, korxona talablaridan kelib chiqqan xolda, yuqori sifatli mutaxassilarni tayyorlash, talabalarni korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, korxonaning strategik rejasi va yangi yutuqlari bilan tanishtirish, korxonada kafedralar filiallarini tashkil qilish, talabani malakaviy amaliyotlarini tizimli ravishda о‘tkazilishini, shuningdek, bitiruvchilarni ishga joylashtirish borasida 2024 yil 15-oktabr kuni “Kimyoviy injiniring” fakultetida, Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi jamoasi 1,4 kurs TMJ talabalari bilan “О‘zbekkimyomash zavodi” AJ mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.
AJ “О‘zbekkimyomash” zavodi tomonidan, konstruktorlik byurosi rahbari Maxkamov Azamat Ergashevich, Marketing bо‘limi, eksport va ichki yetkazish bо‘lim mutaxassisi Rasulov Dilshod Saidakbar о‘g‘li xamda korxona bosh texnologi- Asulmatov Asulmat Furqat о‘g‘li tashrif buyurishgan.
Uchrashuv mobaynida institut talabalariga korxana vakillari tomonidan AJ “О‘zbekkimyomash” zavodi tarixi, ishlab chiqarish mahsu-lotlari, mehnat faoliyati, tashqi va ichki xamkorliklari borasida og‘zaki va prezentatsiya slaydlari orqali batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuvda ishlab chiqarish sexlari, sanoat mashinalarini yaratilishi, xorijiy davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, eksport geografiyasini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni о‘zlashtirib mashinalarni ishlab chiqish va shu borada qobiliyatli, intiluvchan mutaxassislar kerakligi va boshqa ma’lumotlar hamda aniq tavsiyalar berildi.