Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida masofaviy ta’lim bo‘yicha “MEd – professional ta’lim magistri” PECA 5 xalqaro loyihasining navbatdagi seminari


Toshkent kimyo-texnologiya institutida 27-29 aprel kunlari Deuthsche Gesellsshaft fur Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH tashkiloti bilan amalga oshirilayotgan "MEd - professional ta'lim magistri" masofaviy ta'lim o'quv dasturini ishlab chiqish doirasida ICON instituti tomonidan tavsiya etilgan xorijiy ekspertlar tomonidan uch kunlik o'quv-seminari o’z ishini boshladi. Ushbu seminarda qo'shni Qirg'iziston Respublikasining K.I.Skryabina nomidagi Qirg'iziston milliy agrar universiteti hamda I.Razzoqov nomidagi Qirg'iziston texnika universiteti vakillari ham ishtirok etishmoqda. Uchrashuvning 1-kunida tomonlar shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berib o'tishdi. Shuningdek loyiha doirasida tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan o'quv dasturi uchun mavjud talab, uni amalga oshirishning huquqiy-normativ asoslari, o'zaro ikki davlat o'rtasida umumiy jihatlar va farqli jihatlari xususida to'xtalib o'tildi. Har ikki tomon kelgusida ushbu loyihani hamkorlikda bajarishni va bu loyihaning natijasi har ikki mamlakat uchun ham foydali bo'lishini ta'kidlab o'tishdi.



Seminar davom etmoqda!