Joriy yilning 7-may sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida rektor va magistrlar uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda institutimiz rektori professor Usmonov Botir Shukurillayevich, Magistratura bo'limi boshlig'i professor Xudoyberdiyev Fazlidin Isroilovich, Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshlig’i Kadirov Ulug’bek Ravshanovich hamda magistr talabalar ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot shaklida o'tgan uchrashuvda institutimiz rektori B.Sh.Usmonov 2-kurs bitiruvchi magistrlarning magistrlik disertatsiyalari mavzusi haqida har bir talaba bilan suhbatlashdi va tanlangan mavzuning dolzarbligi, kiritilgan yangiliklar haqida to’xtalib o’tildi. Talabalarga magistrlik dissertatsiyani rejalashtirish, chet el tajribasi, institutimizni tamomlagandan so'ng ularni qanday imkoniyatlar kutayotgani haqida, shuningdek til bilishning ahamiyati va magistr talabalar uchun xorijiy stajirovkalar haqida gapirildi.
Uchrashuv davomida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga va murojaatlariga atroflicha javob oldilar.