Joriy yilning 8-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida talaba yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, talaba yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish va ular orasida kitobxonlik madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi oʻtkazildi.
Ushbu tanlovda kitobxon talaba-yoshlar tanlovida talabalar nizom asosidagi shartlar bo'yicha bellashib oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi. Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra:
1-o'rin “Kimyogar” jamoasi
2-o'rin “Hurriyat” jamoasi
3-o'rin “Kamolot” egallashdi.
Tanlovda faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallagan jamoalar diplom va pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi.