O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 343-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, bugun, Toshkent kimyo-texnologiya institutida "O'zsuvta'minot" AJ tizimidagi tashkilotlar xodimlarining 2-guruhi uchun "Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv tizimida kimyo-bakteriologik tahlil laboratoriya xodimlarini malakasini oshirish" mavzusida o'quv kurslari boshlandi.
Tadbirni, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich ochib berdi.
Ushbu kurslarda institutimizning "Sanoat ekologiyasi" kafedrasi hamda kafedralardan bir qator professor-o'qituvchilar "O'zsuvta'minot" AJ tizimidagi xodimlar uchun tashkil etilgan dars mashg'ulotlarini olib borishadi.