Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Germaniyaning "NETZSCH" kompaniyasi direktori Aleksandr Felk tashrif buyurdi

Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi (17-26-oktabr) doirasida joriy yilning 23-oktabr kuni “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tmoqda. Ushbu konferensiyaga Toshkent kimyo-texnologiya instituti tomonidan Germaniyaning "NETZSCH" kompaniyasi direktori Aleksandr Felk taklif etilgan bo'lib, bugun 2024-yil 22-oktabr kuni Aleksandr Felk institutga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikda loyihalar amalga oshirish, lok-bo'yoq yo'nalishida tahsil olayotgan talabalariga doimiy tarzda mahorat darslarini o'tib borish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.