Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 35 yilligi nishonlandi

2024-yil 29-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti hamda Neft va gaz texnologiyalari fakultetlari tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  

Tadbir Adiblar xiyobonida joylashgan o‘zbek va qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlari – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov hamda Berdaq haykallari poyida boshlandi. Ushbu muhim ma’naviy-madaniy tadbirda talabalar shoirlarning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, ularning asarlarida ifodalangan milliy g‘urur va til masalalariga oid fikrlarni tahlil qilishdi.  

Tadbir davomida talabalarga davlat tili masalasiga oid dolzarb masalalar, adabiy merosni o‘rganishning zarurati va tilni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu tadbir talaba-yoshlarning ona tiliga bo‘lgan hurmatini oshirish va milliy qadriyatlarni yanada chuqur anglashlariga xizmat qildi.

Shundan so‘ng, talaba-yoshlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida davom etgan tadbirda qatnashib, adabiyot va madaniyatga bag‘ishlangan suhbatlarda ishtirok etishdi.