Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgust kungi PQ-4805-sonli Qarori bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent Olmazor tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.
Ushbu Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan joriy yilning 14-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakulteti "Kimyo" kafedrasi professor-o’qituvchilarining Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabiga navbatdagi tashrifi bo’lib o’tdi.
Tadbirda fakultet dekan o'rinbosari N.Zulyarova, "Kimyo" kafedrasi mudiri A. Nabiyev, professor-o’qituvchilar O.Mamajonov, T.Olimov, "Kimyo" to'garagi rahbari Z. Eshbo'riyeva, institut faol talabalari, 28-sonli maktabning o’qituvchilari hamda tabiiy fanlarga qiziquvchi faol o’quvchilar ishtirok etdi.
Dastlab "Kimyo" kafedrasi mudiri A.Nabiyev so’zga chiqib, institut haqida, oliy ta’lim muassasasi tomonidan bugungi kunda olib borilayotgan ishlar to’g’risida axborot berdi. Tadbir davomida kafedra dotsenti O.Mamajonov, tadbir ishtirokchilariga institutning tuzilmasi, o’quv-ilmiy faoliyati va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi maxsus videorolik namoyish qilindi.
Tadbir davomida Kimyoviy injiniring fakultetida tashkil etilgan "Kimyo " to'garagi rahbari Z.Eshbo'riyeva tomonidan maktab o'quvchilari uchun "Qiziqarli laboratoriya" namoyish etildi.
Bundan tashqari institut faol talabalari tomonidan maktab o'quvchilari uchun "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.
Zakovat" intellektual o’yinini o’tkazishdan asosiy maqsad, o’quvchilarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, do’stona muhitni yaratish, aqliy salohiyatini oshirish va jamoa bilan ishlash ko’nikmasini shakllantirishdan iborat.
Qiziqarli tarzda o'tgan intellektual o'yinda quyidagi jamoalar:
1-o'rin- "Future" jamoasi
2-o'rin- " Intelekt" jamoasi
3-o'rin- "Zukkolar" jamoasi g'olib deb topildi.