Jumladan institut hududiga 500 tup, akademik litseyi hududiga 100 tup manzarali, mevali va buta ko‘chatlari ekilmoqda.
Ekilgan barcha ko‘chatlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan joriy etilgan “Yashil makon” elektron platformasiga kiritiladi. Shuningdek, institutda ko‘chatlarni ekish ishlarini tashkil etish va monitoringini olib borish bo‘yicha Shtab tashkil etildi.