“Qafqazinfo” xabar berishicha, rektor Elmar Gasimov Toshkent kimyo-texnologiya institutidan kelgan delegatsiya ishtirokchilariga Boku oliy neft maktabi haqida batafsil ma’lumot berdi. U o‘zi rahbarlik qilayotgan oliy maktab va O‘zbekiston Toshkent kimyo-texnologiya instituti o‘rtasidagi aloqalar yuqori darajada ekanini, mazkur uchrashuv munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muvaffaqiyatli qadam ekanini ta’kidladi.
Botir Usmonov BANMda yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholar ekan, bu yerdagi tajribadan bahramand bo‘lish istagi borligini aytdi. Shu bilan birga, rektor BANM talabalari va xodimlarini may oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Hakatonga taklif qildi.
Uchrashuvda magistratura bosqichida ikki tomonlama diplom dasturini amalga oshirish, talabalar almashinuvi, yozgi maktablarni tashkil etish bilan bog‘liq hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.