2024-yilning 28-oktabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda «ShHT davlatlarida kreativ iqtisodiyot: tajriba va o‘zaro hamkorlik istiqbollari» xalqaro seminari hamda iqtidorli talabalar o'rtasida “Kreativ startaplar” tanlovi bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati, professor-o'qituvchilari, xalqaro darajadagi olimlar, xorijiy mehmonlar, fakultet dekanlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Dastavval xorijiy professorlar Lee Geun-Seong(Koreya), Samanian Baghersad Nargiz Bizhan(Eron), Mohammad Nezamabadi Seyedeh Samira(Eron), Calvo Gomez Octavio Alberto(Meksika), Levetskiy Ivan Adamovich(Belarusiya) hamda O'zbekistondan Odil Abduraxmonovlarning ilmiy ma'ruzalari tinglandi.
Bu kabi tadbirlar kreativ iqtisodiyot sohasida tajriba almashish, yangi g'oyalarni rivojlantirish va xalqlar o'rtasida hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Seminar davomida, mutaxassislar kreativ iqtisodiyotning innovatsion imkoniyatlari va ularni amalga oshirishdagi strategiyalar haqida fikr almashdilar. Ilmiy ma'ruza qilgan barcha professor-o'qituvchilar rektorning sertifikati bilan taqdirlandilar.
«ShHT davlatlarida kreativ iqtisodiyot: tajriba va o‘zaro hamkorlik istiqbollari» xalqaro seminari doirasida iqtidorli talabalar o'rtasida “Kreativ startaplar” tanlovi bo'lib o'tdi.
Unda 18 nafar iqtidorli talabalar o'zlarining startap loyihalari taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Hakamlar hay'ati ularning loyihalari va taqdimotlarini baholab bordilar. Tanlov nizomiga ko’ra, eng yaxshi g'oyalar mukofotlanishi belgilangan. Albatta, bu kabi e’tirof yoshlarning innovatsion yechimlar yaratishiga rag'bat beradi. Kreativ startaplar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim vosita sanaladi balki, mamlakat rivojiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida «ShHT davlatlarida kreativ iqtisodiyot: tajriba va o‘zaro hamkorlik istiqbollari» xalqaro seminari bo'lib o'tdi.
2024-yilning 28-oktabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda «ShHT davlatlarida kreativ iqtisodiyot: tajriba va o‘zaro hamkorlik istiqbollari» xalqaro seminari hamda iqtidorli talabalar o'rtasida “Kreativ startaplar” tanlovi bo'lib o'tdi.
Kunning ikkinchi yarmida ShHT davlatlaridan faxriy mehmonlar tashrif buyurdi. Jumladan ShHTning O'zbekistondagi jamoatchilik diplomatsiyasi markazi direktori, Yevroosiyo va Afrika xalqlari assambleyasi Bosh kengashi raisi, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar bo'yicha kengash a'zosi, Qozog'istonda Fuqarolik Alyansi prezidenti, Qozog'istondagi "Xalq diplomatiyasi markazi" korporativ jamg'armasi rahbari, "Qirg'iziston diplomatlari" uyushmasi raisi, Pokiston Tinchlik va Diplimatik tadqiqotlar instituti ijrochi direktori, Tagor xalqaro maktabining hind tili bo'limi boshlig'i, Xalqaro madaniyat diplomatiya instituti boshqaruvi raisi, O'zbekistonning Turkiyadagi Madaniyat, birdamlik va hamkorlik jamiyati raisi hamda Eron Islom Respublikasi vakillari ishtirok etishdi.
Seminar Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevichning kirish so'zi bilan boshlandi. Institutimiz rektori kreativ iqtisodiyotning muhimligi, uning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri va ShHT davlatlari o'rtasida o'zaro hamkorlik istiqbollari haqida so'z yuritdi.
Seminar davomida ShHT davlatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar bugungi bo'lib o'tgan «ShHT davlatlarida kreativ iqtisodiyot: tajriba va o‘zaro hamkorlik istiqbollari» xalqaro seminari haqida o'z fikr mulohazalarini bayon etib, barcha ishtirokchilarga tabrik yo'lladilar.
Jumladan ShHTning O'zbekistondagi jamoatchilik diplomatsiyasi markazi direktori, Yevroosiyo va Afrika xalqlari assambleyasi Bosh kengashi raisi, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar bo'yicha kengash a'zosi, Qozog'istonda Fuqarolik Alyansi prezidenti, Qozog'istondagi "Xalq diplomatiyasi markazi" korporativ jamg'armasi rahbari, "Qirg'iziston diplomatlari" uyushmasi raisi, Pokiston Tinchlik va Diplimatik tadqiqotlar instituti ijrochi direktori, Tagor xalqaro maktabining hind tili bo'limi boshlig'i, Xalqaro madaniyat diplomatiya instituti boshqaruvi raisi, O'zbekistonning Turkiyadagi Madaniyat, birdamlik va hamkorlik jamiyati raisi hamda Eron Islom Respublikasi vakillari so'zga chiqdilar.
«ShHT davlatlarida kreativ iqtisodiyot: tajriba va o‘zaro hamkorlik istiqbollari» xalqaro seminari doirasida iqtidorli talabalar o'rtasida o'tkazilgan “Kreativ startaplar” tanlovi g'oliblari taqdirlandilar.
Tanlov natijalariga ko'ra 1-o'rinni Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Zahro Abilqosimova, 2-o'rinni institut bitiruvchisi Davron Rashidov, 3-o'rinni institut bitiruvchisi Javlon Holovlar qo'lga kiritdilar. G'oliblarga ShHTning O'zbekistondagi jamoatchilik diplomatsiyasi markazining direktori hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining diplomlari va qimmatbaho sovg'alari topshirildi.
Bu kabi tadbirlar mamlakatimizda ijodiy fikrlashni rivojlantirish, yoshlarni innovatsiyalarga jalb qilish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida o'tkazilmoqda. Kreativ iqtisodiyot, shubhasiz, mamlakatimiz iqtisodiy va madaniy rivojlanishida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.