Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Toshkent shahar ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan “XADRA ART PROFI” o‘quv markazi rahbariyati tashrif buyurdi.

2024-yil 22-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Toshkent shahar ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan “XADRA ART PROFI” o‘quv markazi rahbariyati tashrif buyurdi. Mazkur tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida muhim uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Korxona va sanoat tarmoqlari departamenti boshlig‘i Shernayev Anvar Normamatovich, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakulteti dekani Ulug‘bek Baltabayev hamda “Oziq-ovqat sifati va xavfsizligi” kafedrasi mudiri Ermat Sanayev ishtirok etdi. “XADRA ART PROFI” o‘quv markazi tomonidan esa o‘quv markazi direktori Baxtiyor Abidov, direktor muovini Kamoliddin Yusupov va kadrlar masalasi bo‘yicha direktor muovini Abduqahhor Yusupov qatnashdi.

Tadbir davomida tomonlar malakali kadrlar tayyorlash, ilg‘or muhandislik maktablarini tashkil etish, shuningdek, “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi” kafedrasi bilan hamkorlikda umumiy va funksional ovqatlanish kurslarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro manfaatli loyihalarni muhokama qilishdi. Muzokaralar yakunida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va “XADRA ART PROFI” o‘quv markazi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Memorandum imzolandi.

Ushbu hamkorlik kelgusida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali sanoat ehtiyojlariga mos keladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. Tadbir yakunida tomonlar kelgusidagi rejalarni belgilab, hamkorlikning mustahkam asosga ega ekanini ta’kidladilar.