2024-yilning 8-iyun sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida professor-o'qituvchilar uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ochiq muloqot shaklida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuvda prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo'lim boshliqlari va professor-o'qituvchilar ishtirok etishdi.
Dastavval institut rektori B.Sh.Usmonov va Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshligʻi U.R.Kadirov "2024/2025 oʻquv yili uchun oʻquv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va yangi oʻquv yiliga tayyorgarlikni tashkil etish toʻgʻrisida"gi taqdimoti bilan ishtirok etdi.
"2023/2024 oʻquv yili yakunlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi va shaxsiy ish rejasi ijrosini taxlilini hamda kafedralardagi professor-o‘qituvchi lavozimlariga tanlovlarni tashkil etish to‘g‘risida" Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi boshligʻi R.I.Mirsamikova ma'lumotlar berib o'tdi, shuningdek Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshligʻi U.R.Kadirov "Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida" ma'lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun mohiyati tushuntirildi.
Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov. so'zga chiqib O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun mohiyati, jumladan Pedagogning kasbiy faoliyati amalga oshirilishini ta’minlash, Pedagogning huquqlari, Pedagogning majburiyatlari, Pedagogning mehnatiga haq to‘lash, Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik va boshqa masalalar yuzasidan yig'ilganlarga yetkazildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga institut rahbariyatidan atroflicha javob oldilar.