Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Sanoat ekologiyasi kafedrasida 15-noyabr "Ikkilamchi qayta ishlash" kuni munosabati bilan kafedra professor-o'qituvchilari va "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi" yo'nalishi talabalari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda chiqindilarni qayta ishlash, atrof-muhit muhofazasi sohasiga oid bir qator ma'lumotlar berildi. Tadbirda talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.