Tadbirda Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekan U.N.Baltabayev, O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari A.P.Shokirov hamdaYoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.E.Begmatov, fakultet tyutorlari «Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi professor o'qituvchilari Azizov Miraziz, Hamidova Mohiralar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida tashrif buyurgan Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 218-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta'lim maktabi 11-sinf oʻquvchilari institut haqida, institutda mavjud fakultetlar, taʼlim yoʻnalishlari, talabalar hayoti, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv jarayoni, kredit-modul tizimi, xalqaro aloqalar, laboratoriyalar haqida batafsil maʼlumot olishdi.
Fakultetdagi mavjud laboratoriyalarga ekskursiya uyushtirildi. Bundan tashqari, Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 218-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta'lim maktabi 11-sinf oʻquvchilari ushbu institutga sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib qabul qilinsalar, ular uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratilishi, kundan kunga sohaga bo'lgan talab taklifning ortib borishi, bu yerda yoshlar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar ko'lamini yana kengayishiga va yuksalishiga xizmat qilayotgani borasida maʼlumotlar berildi.