Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tmoqda.

Bayram tadbiri avvalida O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi, shundan so'ng Yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich bayram tadbirini kirish so'zi bilan ochib berib, yig'ilgan yoshlarga institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevichning bayram tabrigini yetkazdi

Bayram tadbirida quyidago sport hamda intellektual musobaqalar bo'lib o'tmoqda:

Zakovat; Shaxmat-shashka; Kino taqdimot; Karaoke; Futbol; Volleybol; Arqon tortish; Katta qozonda osh Kun yakunida diskoteka.

Jumladan sportning mini-futbol bo'yicha yoshlar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi.

Jumladan sportning volleybol bo'yicha yoshlar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi.


Yoshlar uchun karaoke tashkil etilib, unda iqtidorli talabalar sevimli qo'shiqlarini xirgoya qildilar. Shuningdek kun davomida faollik ko'rsatgan talaba-yoshlar institut rahbariyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.