2024-yilning 11-may sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda institut kafedralarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini Xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazishga tayyorgarlik holati o'rganilib, tahlil qilindi.
Shuningdek 2024/2025-o'quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etish, abituriyentlar uchun imkoniyatlar, kiritilgan yangi o'zgarishlar haqida ham ma'lumotlar tinglandi.