Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti dekani Sh.B.Buxorov, dekan o'rinbosari N.Sh.Zulyarova, "Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo" kafedrasi mudiri D.A. Xandamov, kafedra dotsenti O.S.Bobokulova, "Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi" kafedrasi dotsenti M.E. Kenjayev hamda TKTI Yangiyer filiali professori I.I. Usmanovlar ayni kunlarda Qozog'istonning Chimkent shahrida joylashgan M.Auezov nomli Janubiy Qozog'iston Davlat universitetiga tashrif buyurishdi.
M.Auezov nomli Janubiy Qozog'iston Davlat universiteti Qozog'istonning eng yirik va ko'p tarmiqli universiteti, mintaqaning ilmiy, ta'lim, intellektual, madaniy markazi hamda respublikaning oliy ta’lim sohasidagi eng yorqin brendlardan biri hisoblanadi.
Tashrif davomida Qozog‘iston davlat universiteti rektori Dariya Kojamjarova universitet tarkibida mavjud bo'limlar, fakultetlar, kafedralar, universitet kutubxonasi, ilmiy markaz bilan yaqindan tanishishtirdi. Tashrif davomida professor-o'qituvchilar "Ta'lim va innovatsiya" ko'rgazmasida ishtirok etishdi.
Ayni kunlarda Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti dekani Sh.B.Buxorov, dekan o'rinbosari N.Sh.Zulyarova, "Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo" kafedrasi mudiri D.A. Xandamov, kafedra dotsenti O.S.Bobokulova, "Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi" kafedrasi dotsenti M.E. Kenjayev hamda TKTI Yangiyer filiali professori I.I. Usmanovlar Qozog'istonning Chimkent shahrida joylashgan M.Auezov nomli Janubiy Qozog'iston Davlat universitetida "O'qitishning zamonaviy texnologiyari" kursi bo'yicha malaka oshirishmoqda.
Bu quyidagi modullarni o'z ichiga oladi:
-Oliy ta'lim muassasalarida ta'limning kredit texnologiyasi;
-Talabaga yo'naltirilgan ta'lim, o'qitish va baholash, asosiy tamoyillari;
-Oliy ta'lim muassasasi faoliyatini metodik ta'minlash;
-Ta'limning transformatsiya trendi: o'qituvchining roli va ta'siri.
Malaka oshirish davomida "Kimyo va farmaseftika muhandisligi" kafedrasi hamda "Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi" kafedralarida tajriba almashishmoqda.
Sayohat insonga nafaqat mazmunli hordiq, yoqimli lahzalar taqdim etadi, balki tajriba va bilim, keng dunyoqarashga ham ega boʼlish mumkin. Аyniqsa, qadimiy manzilgohlar sizni olis va koʼhna tarix qaʼriga olib kira oladi.
Shunday ajoyib maskanlardan biri Qozogʼistonning Turkiston shahrida joylashgan Xoʼja Аhmad Yassaviy meʼmoriy majmuasidir.
Qozog'istonda xizmat safarini o'tayotgan professor-o'qituvchilar ushbu maqbarani ziyorat qilish maqsadida yangidan barpo qilingan Turkiston shahriga tashrif buyurishdi.
Аhmad Yassaviy maqbarasi — Turkiston shahrida XIV-asrning ohirlarida Sohibqiron Аmir Temurning buyrugʼi bilan barpo etildi. Turkiston shahridagi Аhmad Yassaviy binosi — oʼrta asrlik binokorlikning koʼrinishi. U XII-asrda ijod qilgan butun sharq dunyosiga mashhur qadimgi turkiyzabon shoiri, sofizmni nasihatlovchi Аhmad Yassaviyga atab barpo etilgan (Yassidan chiqqan maʼnosida) tahallusidir.