Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institut xodimlari Polshaning Glivitse shahrida joylashgan Sileziya texnoligiya universitetida

#Xalqaro_hamkorlik

 

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori X.L.Pulatov, Moliya va iqtisod ishlari bo'yicha prorektori B.B.Qodirov hamda Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi dotsenti O.Yu.Aripdjanov Polshaning Glivitse shahrida joylashgan Sileziya texnoligiya universitetida ushbu oliy ta'lim muassasasining Kimyo fakulteti rahbari, professor Janusz Wojcik bilan uchrashib, qo'shma ilmiy loyihalar, bakavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, mazkur xorijiy universitetning talabalar turar joylari va kutubxonasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi hamda ilg'or tajribalari o'rganildi.