Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida ikkinchi va undan keyingi ta'lim olish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarga kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 15-avgust sanasida Ikkinchi va undan keyingi ta'lim olish uchun Toshkent kimyo-texnologiya institutiga hujjat topshirgan abituriyentlarga kirish imtihonlari bo'lib o'tdi. Dastavval Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich abituriyentlarga muvaffaqiyat tilab, imtihon olish jarayonlarini kirish so'zi bilan ochib berdi.

 

 Shundan so'ng abituriyentlar imtihon olish uchun mo'ljallangan maxsus kompyuter xonaga kirib tanlagan mutaxassisliklari bo'yicha test sinovlarini topshirdilar.

 Ikkinchi va undan keyingi ta'limga imtihon topshirgan abituriyent natijalari tez fursatlarda rasmiy sahifalarimizda e'lon qilinadi.