Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti guruh sardorlari va tyutorlariga akademik qarzdor talabalarning fanlardan qayta o‘qishlarini tashkil qilish to‘g‘risida seminar treninglar o‘tkazildi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonovning 2023-yil 10-apreldagi “2022-2023 o‘quv yilining kuzgi va bahorgi semestrlarida o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va kusrdan kursga qolgan talabalarni fanlar farqi hamda akademik qarzdorlik fanlarini qayta o‘zlashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish to‘g‘risida”gi 5-sonli farmoyishiga asosan 2022-2023 o‘quv yilining kuzgi va bahorgi semestrlarida o‘qishini ko‘chirgan, qayta tiklagan va kusrdan kursga qolgan hamda fanlardan akademik qarzdor bo‘lgan talabalarni fanlardan farqini hamda akademik qarzdor fanlarini o‘zlashtirishtirishlari uchun qayta o‘qish tashkil etish tartiblarini tushuntirish maqsadida institutning barcha guruh sardorlari va tyutorlariga quyidagi tasdiqlangan jadval asosida fakultetlar kesimida qisqa muddatli seminar-treninglar boʻlib oʻtdi.



Seminar-treninglarda ma’ruzachi sifatida Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshlig‘i U.Kadirov, Talabalar registratsiyasi va akademik mobillikni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i D.Raximov va bosh mutaxassisi R.Ismatov hamda Ma’lumotlar bazasi bo‘limi bosh mutaxassis Sh.Berdiyevlar qatnashdilar.



 Institutning xar bir fakulteti binosini maʼruza zallarida bo‘lib o‘tgan seminar-treninglarda 500 dan ortiq guruh sardorlari va faol talabalar hamda tyutorlar, shuningdek, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, bir qator professor-oʻqituvchilar qatnashdilar. Seminarda kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, Hemis dasturida ishlash, talabalar mustaqil ravishda o‘zining GPA-ko‘rsatkichlarini hisoblashi tartibi, yozgi va qishgi semestrlarda qayta o‘qishni tashkil etish qoidalari, kredit-modul tizimida talabalar oʻzlashtirishini baholash tizimilari hamda talabalarni o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida batafsil ma‘lumotlar berildi.



Amaliy va interfaol muloqot shaklida o‘tgan seminar davomida maruzachilar OTMda kredit-modul tizimida akademik qarzdor talabalarga o‘qishini tashkil etishda shu paytgacha uchragan qiyinchilik va muammolar xususida ham muloqot qilishdi. Mavjud muammolar darajasiga qarab, ularning yechimi bo‘yicha takliflar bildirildi.

Seminar-treninglarda tinglovchilar oʻzlarining fikr-mulohazalari va savol-javoblari bilan faol qatnashdilar. Tinglovchilar tadbir davomida kredit-modul tizimida akademik qarzdor talabalarga o‘qishni tashkil qilish va boshqa ko‘plab savollariga ma’ruzachilardan aniq javoblarni oldilar.