2024-yil 25-28-sentabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Integral Universiteti (Hindiston) o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga binoan Integral universitetining bir guruh yetuk olimlari institutimizga dars jarayonlarini olib borish hamda doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh o‘qituvchilar uchun trening kurslarini o'tib berish uchun tashrif buyurdilar.
Integral universiteti vitse-kansleri, professor Javid Musarrat (Jaweed Musarrat), Molekulyar mikrobiologiya va nanotexnologiya bo‘yicha yirik olim bo‘lib, uning muallifligi va hammuallifligida Niterdandiya va AQSHda Springer nashriyotida 6 ta kitob, va 23 ta kitob boblari chop etilgan. Shuningdek, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirilgan. Professor Javid Musarratning ilmiy maqolalariga iqtiboslari soni 15 mingdan ortiq bo‘lib, Scopus hi – indeksi 60, Web of Science hi indeksi – 51, Google scholar hi – 70 ni tashkil etadi.
Professor Javid Musarrat Toshkent kimyo-texnologiya institutining yosh olimlari, o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun «Nanoantibiotics and Bacterial Biofilms: A New Frontier in Applied Microbiology» mavzusida ma’ruza o‘qidi.