O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini to'g'risida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida hamda O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti o'rtasida imzolangan shartnomaning 2.1.5-bandiga asosan joriy yilning 12-aprel sanasida “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni, mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasidan "Axborot resurslari va texnologiya, innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash" bo'limi boshlig'i S.A. Raxmonov, "Ixtiro va foydali modellar" bo'limi boshlig'i I.T. Abduqodirovlar tashrif buyurishdi. Seminarda institutimizdan Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor H.L. Pulatov "Ilmiy innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish" bo`limidan N.R. Mardanov, Sh.D. Cho'tboyev va kafedralarning ilmiy ishlar bo'yicha ma'sullari ishtirok etishdi.