Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Kanadaning Janubiy Alberta texnologiya instituti o'rtasida talaba almashinuvi bo'yicha memorandum imzolandi.
Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Janubiy Alberta texnologiya institutidan delegatsiya tashrif buyurdi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida o'tgan uchrashuvda Kanadaning Janubiy Alberta texnologiya instituti xalqaro mijozlarni rivojlantirish menejeri Judi Pedirson, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Z.Boboxonova, bo’limi xodimi S.Saidahmadov, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i A.Shernayev hamda rektor maslahatchisi P.MacCan ishtirok etdi.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya institutiga hamda Janubiy Alberta texnologiya instituti o'rtasida memorandum imzolandi. Janubiy Alberta texnologiya institutini har yili 15 mingdan ortiq talabalar tamomlaydilar. Shuningdek institut o'rta maxsus va professional ta'limda 100 yildan ortiq tajribaga ega. Butun dunyo boʻylab sifatli taʼlim, ishchi kuchini yetkazib beruvchi yetakchi oliygohlardan biri boʻlib, ish beruvchilarning ehtiyojlarini qondirish va taʼlimni loyihalash, ishlab chiqish, yetkazib berish boʻyicha yetakchilik qiladi. Yuqori sifatli dasturlarni taqdim etish uchun yetarlicha bilim va texnologiyalardan foydalanadigan faoliyatni o'z ichiga olgan politexnika-sanoatiga yetuk kadrlar tayyorlash bo'yicha global yetakchi hisoblanadi.
Shu vaqtga qadar Janubiy Alberta texnologiya institutini 10 000 dan ortiq kompaniyalar bilan, 20 000 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan. Institutning 2200 nafar malakali professor-o‘qituvchilari va xodimlari har yili 45 000 dan ortiq kishiga tegishli, malakaga yo‘naltirilgan ta’lim beradi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati talabalar bilim va ko'nikmalarini oshirish, xorijiy tajriba asosida tahsil olishlari uchun xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan bu kabi kelishuvlarni amalga oshirishda davom etadi.