Joriy yilning 2-avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Rossiya Federatsiyasining Tomsk Politexnika universiteti o'rtasida “Kimyoviy texnologiya va muhandislik” sohasida mutaxasislarni qo’shma ta’lim dasturi asosida tayyorlashni joriy etish bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda TKTI tomonidan Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Z.A.Babaxanova, Korxonalar va ta'lim muassasalar bilan ishlash bo'yicha prorektor A.N.Shernayev, ilmiy ishlar va innovatsion g’oyalar bo’yicha prorektor X.L. Po’latov hamda texnika fanlari doktori A.B.Juraev ishtirok etdilar.
Tomsk Politexnika universiteti tomonidan kimyo fanlari doktori M.E.Trusova hamda kimyo fanlari nomzodi O.S.Kukurina ishtirok etdilar.
Uchrashuvda qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etishda o'quv dasturlari, o'quv rejalar hamda dastur doirasida professor-o'qituvchilarni ta'lim jarayonlarini tashkil etish tartibi kabi masalalar ko'rib chiqildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Rossiya Federaysiyasining Tomsk Politexnika universiteti o'rtasidagi qo’shma ta’lim dasturlari ingliz va rus tillarida amalga oshiriladi.