Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Turkiyaning Ostim Texnika universiteti o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 2-avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Turkiyaning Ostim Texnika universiteti o'rtasida “Kompyuter injiniringi” mutaxasisligi bo'yichа 2+2 qo’shma ta’lim bakalavriat  o’quv  dasturlarini joriy etish bo'yicha uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda TKTI tomonidan Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Z.A.Babaxanova, Korxonalar va ta'lim muassasalar bilan ishlash bo'yicha prorektor A.N.Shernayev hamda “Informatika, avtomatlshtirish va boshqarish” kafedrasi katta o’qituvchisi T.A.Avezov ishtirok etdilar.

Оstim texnika universiteti tomonidan Xalqaro hamkorlik bo'yicha ma’sul Ural Ashir ishtirok etdi.

Uchrashuvda qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etishda o'quv dasturlari, o'quv rejalar hamda dastur doirasida talabalar hamda professor-o'qituvchilarni ta'lim jarayonlarini tashkil etish tartibi kabi masalalar ko'rib chiqildi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Turkiyaning Ostim Texnika universiteti o'rtasidagi qo’shma ta’lim dasturlari ingliz tilida amalga oshiriladi.