Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra Integral universiteti vitse-kansleri, professor Javid Musarrat (Jaweed Musarrat) ga Toshkent kimyo-texnologiya instituti faxriy professori unvonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Faxriy professor unvonini Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Usmonov Botir Shukurillayevich tantanali ravishda topshirdi.