Joriy yilning 4 avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI) rektori B.Sh.Usmonov va Koreya Respublikasining Koreya Barqaror Rivojlanish Instituti (KBRI) Prezidenti Professor LEE, DONG HUN o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
🇺🇿 О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi PF-27 son Farmoni ning 45-bandiga muvofiq energetika va kimyo sanoati sohalarida alohida muxandislik maktablarini tashkil qilish vazifasi belgilangan.
Ilg'or muhandislik maktablarini tashkil qilishda Koreya Respublikasi tajribasini o'rganish, erishilgan yutuqlar va afzalliklarni O'zbekiston amaliyotiga keng tadbiq etish, KBRI va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalar bilan hamkorlik qilishga kelishilidi. Shuningdek, KBRI Prezidenti Professor LEE, DONG HUN ushbu jarayonlarda ilmiy Maslahatchi sifatida istirok etishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv davomida ikki OTM o'rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatish, kimyoviy texnologiya yo'nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish, TKTI va KBRI qo'shma ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Xalqaro aloqalar bo'limi