Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakultetida "Kiber xavfsizlik jinoyatlariga qarshi kurashish va profilaktikasi" doirasida targʻibot tadbirlari bo'lib o'tdi.

Unda Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekani L.A.Yusupova, YBIB dekan o'rinbosari J.T. Sidikov, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchisi podpolkovnik G.T.Mamatqulov, institut profilaktika katta inspektori podpolkovnik A. Jumanov, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Ushbu targ'ibot tadbirini o'tkazishdan asosiy maqsad talabalar o'rtasida kiber jinoyatlarning tarqalishini oldini olish, ularni ogohlantirish, bezorilik va shu kabi huquqbuzarliklar, ularni oqibatlaridan ogoh qilish bo'lib, podpolkovnik G.T.Mamatqulov bu bo'yicha o'zining tavsiyalari bilan o'rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga shu mavzuga oid hujjatli film namoyish etildi.