Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Qalqon”lari o‘z postida

Xabaringiz bor Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining qoʻshma qaroriga asosan Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Qalqon" jamoatchilik guruhi tashkil etilgan edi.

 Hozirda "Qalqon" jamoatchilik guruhi profilaktika inspektorlari bilan hamkorligida o'z faoliyatlarini tizimli ravishda amalga oshirib kelmoqda.

Bunda, talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko'maklashish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va oliy ta'lim muassasalarida ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirishga ko'maklashish ustuvor vazifa etib belgilangan.