Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori "Talabalar bilan 1 kun" shiori ostida talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning muammolarini tinglash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida institut rahbariyati talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muxit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʼlgan rektor maslahatchisi Akramov Olimxon Axrorovich bilan birgalikda talabalar turar joyi qizlar qavati sardorlari bilan ochiq suhbat o'tkazdi.
Ushbu ochiq suhbatda talabalarning yashash sharoitlari, darsdan bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotgani, TTJda yaratilgan madaniy va sport infratuzilmalari haqida so‘z yuritildi. Rektor talabalar bilan samimiy suhbatda bo‘lib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni bemalol bayon qilishdi. Jumladan, TTJdagi internet tezligi, sport anjomlari, kutubxona fondi, gigiyena vositalari ta’minoti kabi muhim jihatlar yuzasidan takliflar bildirildi. Institut rahbari esa bu kabi masalalarga befarq bo‘lmasligini, talabalar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, rektor TTJda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Yotoqxona xonalari, oshxona, kutubxona, darsga tayyorlanish xonalari va sport zallarining holati bilan yaqindan tanishdi. Ko‘rilgan ishlar natijasi ijobiy baholanib, ba’zi jihatlarda yana takomillashtirish kerakligi alohida qayd etildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar turar joyida nafaqat yashash va o‘qish, balki jismoniy faollik, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator sport imkoniyatlari yaratilgan.
Talabalar turar joyida turli yo‘nalishlardagi to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Jumladan, futbol, voleybol, kurash mashg‘ulotlari muntazam ravishda tashkil etiladi. Har hafta "Sport kuni" doirasida talabalar o‘rtasida musobaqalar, estafeta o‘yinlari va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Rektor tashrifi davomida sport infratuzilmasi ham ko‘zdan kechirilib, uning yanada rivojlantirilishi bo‘yicha takliflar bildirildi. Jumladan: Trenajyor zallarni kengaytirish, sport anjomlarini yangilash, qizlar uchun alohida mashg‘ulot zonasi yaratish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilmoqda.
Sog‘lom tan – sog‘lom tafakkur! TTJdagi sport imkoniyatlari talabalarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, jismoniy va ruhiy holatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Tashrif davomida rektor Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan tabiat qo'ynida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Suhbat iliq va samimiy muhitda o‘tdi. Talabalar o‘z fikrlari, takliflari va ehtiyojlarini ochiq bayon qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Muloqot davomida TTJdagi Wi-Fi tarmog‘ining tezligi va uzluksiz ishlashi, o‘quv xonalarida darsga tayyorlanish uchun qulayliklar yaratish, kutubxona fondini yangilash va yangi o‘quv adabiyotlari bilan boyitish shu kabi turli xil talabalar turar joyida mavjud masalalarni rektor e’tibor bilan tinglab, ayrim masalalarni joyida hal etish, qolganlarini esa rejalashtirish orqali yaqin vaqt ichida yechim topilishini va’da qildi.
Bunday ochiq muloqotlar talabalarning institut hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi va o‘zgarishlarga turtki beradi.
Talabalar bilan 1 kun shiori ostida talabalar turar joyiga tashrif buyurildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalarning yashash sharoiti, qulayliklari va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdi.
Talablar turar joyida o'tkazib kelinayotgan to'garaklar kompyuter savodxonligi, kitobxonlik, kutubxona faoliyati o'rganib chiqilib, yaqindan tanishildi.
Talabalar bilan samimiy muloqot davomida ularning darsdan tashqari mashg‘ulotlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Institut rahbariyati talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab, ularning fikr va talablarini inobatga olish muhimligini qayd etildi.