Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida kafedra kunlari munosabati bilan Xotin-qizlar kengashi raisi G.Sh.Aripova, “O’zbek tili va professional ta’lim” kafedrasi katta o’qituvchilari A.A.Axmedova va M.R.Tadjibayevalar Talabalar turar joyidaga tashrif buyurishdi. Talabalar turar joyida faollar zalida to’plangan talalabalarga G.Sh.Aripova tomonidan “WOMEN IN STEM va Global ayollar nonushtasi (GWB)” haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, gender tengligi yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish uchun barcha jinsdagi odamlarning faol tarmog’ini yaratish masalalari gapirib o’tildi.
“O’zbek tili va professional ta’lim” kafedrasi katta o’qituvchilari A.A.Axmedova, M.R.Tadjibayeva va A.A.Boboevlar tomonidan “Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning roli” mavzusida suhbat tashkil etildi. Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o’rni va roli beqiyosligi, avvalo savodxonlik masalasiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi, o’z sohasi bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lib yetishishda umumkasbiy va mutaxassislik fanlarini chuqur o’rganishi muhimligi aytildi. Shuningdek, ta’lim, texnologiya, muhandislik, matematika, kimyo sohasida ayollarni rolini kuchaytirish lozimligi, hamda jamiyatda olima ayollarning ham o’rni beqiyos ekanligi haqida ta’kidlab o’tildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xotin-qizlar kengashi raisi G.Sh.Aripova boshchiligida qizlar bo‘limi nazorat qilindi. Xususan, talaba qizlar xonalarining saranjomligi, oshxonaning orastaligi, yuvinish xonalarining tozaligi, “Tikuvchilik” xonasi ham ko‘zdan kechirildi. Talaba qizlarga uy tutish bo‘yicha tavsiyalar berildi.