Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalarining bo'sh vaqti mazmunli o'tmoqda



Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti tyutori Matqurbonova Marjon o'ziga biriktirilgan talabalar bilan Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab barpo etilgan “G‘alaba bog‘i” va "Shon-sharaf" muzeyiga tashrif buyurdi. O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi shonli tarixini, ona xalqimizning qahramonligini, mardlik va matonatini, yuksak insoniy fazilatlarini aks ettirgan bu maskan yosh avlod ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga o'zining katta hissasini qo'shadi.Bog‘da urush va uning oqibatlari, urush davri manzaralari, jumladan okop va palatkalar, dala oshxonalari va boshqa lavhalar aks etgan majmuada o‘sha davrdagi harbiy texnika va qurol-yarog‘lar, O‘zbekiston xalqining front va front ortida ko‘rsatgan jasorati, mashaqqatli mehnati, qayg‘u-alami, shuningdek, erishilgan buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi yuksak darajada ifodalab berilgan.



Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti tyutori U.Sh.Qurbonova oʻziga biriktirilgan talabalar bilan birgalikda " Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼat muzeyi" ga tashrif buyurdilar.Tashrif davomida talabalar muzey bilan yaqindan tanishdilar. Sharq miniatyura maktabi, Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiy merosini toʻla oʻrganish va targʻib qilish, kitobot, xattotlik, miniatyura sanʼati va ularni yaratish texnologiyalari bilan tanishtirish, miniatyura maktablari, tasviriy va amaliy sanʼatning muayyan ilmiy muammolariga bagʻishlangan respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarni tashkil etish, sanʼat asarlari orqali yosh avlod ongida milliy va umum insoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosimizga nisbatan hurmat va iftixor, Vatanga sadoqat va muhabbat tuygʻularini shakllantirishda xizmat qiladigan ushbu muzey talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.



Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti fakulteti tyutori Z.U.Boliqulova òziga biriktirilgan 22-46 guruh talabalari birgalikda Toshkent shahridagi "Qataĝon qurbonlari" xotira muzeyiga tashrif buyurishdi,tashrif davomida talabalar muzeyni mamlakatimiz tarixini yaqindan bilish,yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida tashrif buyurishdi.Talabalar tashrif davomida òzlarining qiziqtirgan savollariga muzey ma'muriyati tomonidan javob oldilar.