Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Avtomatlashtirilgan to'lov tizimi operatori jamoat transportida 14-noyabr kuni qayd etilgan ilk millioninchi yo'lovchisi bo'lib bir yillik cheklanmagan tarif kartasi sohibiga aylandi.

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutiga "ATTO" MCHJ Moliyaviy tahlil bo'limi xodimi Behruz Sobirov, "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati rahbari Muslima Obidova hamda mas'ul xodim Murod Musoxodjayevlar tashrif buyurib Avtomatlashtirilgan to'lov tizimi operatori jamoat transportida 14-noyabr kuni qayd etilgan ilk millioninchi yo'lovchisi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti B21-10u AV1 guruh talabasi Jo'raqulov Abdumo'minni muborakbod etib, tashakkurnoma, bir yillik cheklanmagan tarif kartasi hamda Noutbukni tantanali ravishda topshirdilar.

Jo'raqulov Abdumo'minga kelgusi o'qishlari hamda ishlarida rivoj tilab, omad yor bo'lishini tilab qolamiz.